Uni rosa qidirishayotgandi. Qidirilmagan hech joy qolmadi. Uylar, tomlar, bog'lar, yo'llar va hattoki, uyulgan barg qozonlarning taglarini ham odamlar titkilab ko'rishdi. Lekin Pashinyan hech qaerda yo'q edi. Va kutilmaganda u mamlakat prezidenti Sarkisyanni qabulida paydo bo'lib qoldi. Qanday uning qabuliga kirib olganini hech kim bilmaydi. Bilishganida bormi?.. “Men, — dedi prezident, — Pashinyan shartnomaga qo'l qo'yganligini matbuot orqali bildim.” Iya! Nahotki?! Bosh vazir shunday qarorga kelar ekan, prezidentdan maslahat so'ramaydimi? O'zboshimchalik bilan bosh vazir ish qilarkan, undan prezidentning nima keragi bor? U nima Angliya qirolichasiday gapmi?.. Xullas, savollar ko'p.
Yo'qolgan bosh vazir topildi!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: