Yo'q, yo'q, yo'q! Stadionni chimini almashtirishdan hech kim, pul qilmaydi, ishonavering!

Yo'q, ular buni orqasidan pul qilishmayapdi. Shunchaki, chimi eskirib qolgan ekan. O'sha chimni boshqasiga almashtirishayapdi. Bir metr qalinlikdagi tuprog'iga qo'shib. Xo'-o'p, bir “Kamaz” tuproq qancha turadi?.. Yo'q, yo'q, hech qanaqangi “Kampaz”, “Pamaz” yo'q. U tuproqni olishishsa, boshqa tuproq olib kelishadi. Shunchaki, bir vaqtlardagi “Bunyodkor” stadionining tuprog'i eskirib qolibdi. O'lmang, tuproq ham eskiradida. Dam olib yotaverganidan keyin, ustida chimdan boshqa narsa ko'karmagandan keyin, eskiradida. Buning ustiga, erinchoq bo'lib qolgan. O'zingiz ham oyog'ingizni ko'tarib bir hafta yoting, naqd tanbal bo'lib qolasiz. Stadionni tuprog'i ham shunday bo'lib qolgan. Shuning uchun ham uni “mehnatkashi”ga almashtirishmoqchi… Ha-a, har qanday menat pul turadi. Bu hujjatlashtiriladi, hech qisi yo'q, davlatdan olinadida. Haligi yoqilg'i sarflayotgan ekskavator, yuk moshinalari, ishchilar, sotib olinadigan “mehnatkash” tuproq bilan chim va hakazolar hisob kitob qilinadida, shunga pul olishadi. Aytib qo'yin, bir tiyin ortiqcha olishmaydi… U yerdagi chim qayoqqa ketadi, tuproqchi deysizmi? Joy joyiga ketadi. Undan hech qaqaqa pul qilinmaydi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: