Yulduz Usmonova “Muhabbat” nomli qo'shig'ini kuylab, internet yulduziga aylangan bolalarga sovg'a berdi

Avvalroq Yulduz Usmonova ijrosidagi “Muhabbat” nomli qo'shig'ini qishloq sharoitida kuylaganlar videosi tarqalgan edi. Video telegram kanallarida e'lon qilinib, ko'pchilikning mehridan joy olgan edi.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu video Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida olingan va unda yosh bola aravachadan musiqa asbobi sifatida foydalanganini, qiz jonli kuylagani va ayol samimiy ruhda raqsga tushganini ko'rish mumkin.

Ta'kidlanishicha, Yulduz Usmonova ana shu qamashiliklar bilan uchrashgan va ularga telefon sovg'a qilib, suratga tushgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: