“Yor-yor” ko'rsatuviga oid ba'zi haqiqatlar ochib tashlandi(video)

Bugun 15 oktyabr kuni “Yuksalish”  umummilliy harakati zalida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi oldidan Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo'mitasi majlisi o'tkazildi.

Unda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olim O'sarov, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo'mitasi raisi o'rinbosari Farhod Boqiyev, jurnalistlardan – Anora Sodiqova, Dildora Sa'dullayeva.

Qo'mita majlisida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar hamda qo'mita ekspertlar a'zolarining yangilangan tarkibini tasdiqlash masalalari ko'rib chiqildi.

Takliflarga navbat yetib kelganida, jurnalist Akmal Eshonxonov axborot tarqatishda monitoringni kuchaytirish masalasini ko'tardi. Shuningdek, saviyasiz, provaksion va yolg'on axborotlarga qarshi keskin kurashish kerakligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Ayniqsa, duch kelgan odamlarni zangori ekranlarga olib chiqayotgan ijodkorlar dastur qahramonlarini tanlashda sal e'tiborliroq bo'lishi lozimligi to'g'risida gapirdi.

Yorqin misol sifatida Zo'r TV telekanalidagi “Yor-yor” ko'rsatuvini keltirib, ijtimoiy ongga kuchli ta'sir qilishi mumkinligini qo'shimcha qildi. So'zlariga yetarlicha faktlari borligini bildirdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar