Yaponiyada kuchli yomg'ir boshlandi. 64 ming kishi uysiz qolishi mumkin (foto)

Yaponiyaning Fukui prefekturasida kuchli yomg'ir kuzatilmoqda. Bu haqda NHK telekanali ma'lum qildi.

Fukui markaziy hokimiyati 64 ming kishiga uylarini tark etish va evakuatsiya markazlariga ko'chishni tavsiya qilgan. Tavsiyalar asosan tog'li hududlardagi aholiga berilgan. Hududlarning birida 120 kishi ko'chki tufayli qamalda qolgan. Ayni paytda ularga qutqaruv guruhlari yuborilgan.

Fukuidagi kuchli yomg'irlarning intensivligi soatiga 80-100 millimetrga yetishi aytilgan. Yomg'ir tufayli bir nechta temir yo'l liniyalarida poezdlar harakati to'xtatilgan. Elektr uzilishlari va yo'llarni suv bosishi holatlari qayd etilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: