Yana bittasini o'ldirishdi!..

Hali beri qarama qarshiliklar to'xtaydiganga o'xshamaydi. Chunki oxirgi paytlarda qancha taqiqlovlar, noroziliklar bo'lishlariga qaramasdan baribir oq tanli politsiyachilar qora tanlilarni o'ldirishayapdi!..

Yigirma yoshli qora tanli Dount Rayt Amerikaning Minneapolis shahrida (MINNESOTA)  politsiya tomonidan hibsga olishga urinish paytida vafot etdi, bu esa namoyishchilar va politsiya o'rtasida to'qnashuvlarga olib keldi. Bu haqda Star Tribune xabar bermoqda.

Yakshanba kuni soat 14.00 da politsiya Raytning mashinasini yo'l harakati qoidalarini buzgani uchun to'xtatgan va avtoulovni tekshirganda, avvalroq bu yigitni hibsga olish to'g'risida order berilgani ma'lum bo'ldi. Huquq-tartibot idoralari qoidabuzarni hibsga olishga urinishgan, erkak o'zi mashinaga o'tirgan, shundan keyin politsiyachilardan biri uni otib tashlagan. Haydovchi yana gazni bosgan va boshqa mashinani urib o'lgan.

Shuningdek, mashinada bir qiz bor edi, u kasalxonaga yotqizilgan, uning ahvoli barqaror.

Voqeadan bir necha soat o'tgach, Rayt vafot etgan joyga bir necha yuz kishi keldi. Namoyishchilar politsiya bilan to'qnashgan. Huquq-tartibot idoralari rezina o'qlardan foydalanganlar. 20.30 larda qarama-qarshilik pasayishni boshladi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: