Xonanda Sogdiana “Instagram”dagi jonli efir vaqtida avtohalokatga uchradi (video)

Xonanda hozirda Rossiyada yashaydi
Asli o'zbekistonlik, hozirda Rossiyada istiqomat qilayotgan xonanda va aktrisa Sogdiana Instagram’da jonli efir qilayotgan vaqtda avtohalokatga uchradi.

Sogdiana efir vaqtida mashinasini avtoturargohga joylashtirmoqchi bo'lgani taxmin qilinmoqda. Shu vaqtda u avtohalokatga uchragan va kuchli zarba oqibatida hushini yo'qotgan. Xonandaning telefoni esa qo'lidan tushib ketgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ma'lum qilingan. Uning jarohati jiddiy emas. Lekin xonanda ijtimoiy tarmoqda boshqa ko'rinish bermadi. Ma'lumot uchun, Sogdiananing asl ismi Oksana Nechitaylo bo'lib, u o'zining xonandalik faoliyatini 1999 yilda boshlagan.Shu yili u «Sado» nomli xonandalar o'rtasidagi ko'rik tanlovda ishtirok etgan. Xonanda o'zining birinchi audioalbomini 2001 yilda chiqargan. Bu albom «Mening Ko'nglim» deb nomlangan. U muxlislarga «Yurak maxzun», «Mening Shahzodam», «Ovvora bo'lma» va «Netay» nomli taronalari bilan tanilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: