Xonanda Layloning o'limi kimga kerak bo'lgandi?

Insonning hayoti uning qancha umr ko'rgani bilan emas, balki qanday yashagani orqali o'lchanadi, degan gapni ko'p bor eshitganmiz. Ba'zi insonlar qisqa umr ko'rsa-da, o'zidan yorqin iz qoldirishga ulguradi. Ana shunday insonlar qatoriga o'zbek san'atining yorqin yulduzlaridan biri, marhum Laylo Aliyevani qo'shish mumkin.

Bundan yigirma besh yil avval u san'atga haqiqiy yulduz singari kirib kelib, jarangdor ovozi bilan ko'pchilikning dilidan chuqur o'rin egalay olgandi…

Ammo 1998 yil 1 may kuni bevaqt o'lim yosh va umidli xonandani oramizdan olib ketdi. Xonandaning xonadoniga bostirib kirgan jinoyatchilar guruhi, uning umriga zavol bo'lishdi. Pul, boylik vasvasasida bu og'ir jinoyatga qo'l urgan jinoyatchilar, Layloning hamkasblari «Al-vakil» guruhi yigitlari edi. Dahshatlisi, bu xunrezlik xonandaning uch yarim yashar farzandi ko'z o'ngida yuz bergandi.
Laylo Aliyeva oramizdan ketganiga 23 yil bo'ldi… Lekin uning oila a'zolari o'sha mash'um voqeani xuddi kechagidek eslashadi. Layloni biz ham unutganimiz yo'q, uni yana bir bor xotirlash maqsadida yaqinlari bilan uchrashdik.

Shahlo Aliyeva (Laylo Aliyevaning opasi): — Singlimning o'limi oilamiz uchun katta yo'qotish, fojia bo'lgan. Onam rahmatli ham hayotlarining so'nggi kunigacha, singlimni xotirlab, o'ksib-o'ksib yig'lab o'tdilar (yig'lab yubordi). O'tgan 15 yil singlimning beshafqat o'limi bilan bog'liq xotiralarimizni o'chira olmadi. Hammasi yodimizda . Singlimning yolg'iz farzandi Jasurning yonida onasi haqida deyarli gapirmaymiz. Sababi, u onasining o'limini o'z ko'zi bilan ko'rgan. Hamon o'sha voqealar xotirasi bilan yashaydi. Dahshatli voqeani har bir soniyasigacha unutmagan, to'g'rirog'i unuta olmagan. Esimda, Jasur onasining o'limidan keyin shok holatidan yillar davomida chiqa olmagandi. Faqatgina ruhshunosning yordami bilan u odatiy hayot tarziga qaytdi. Qo'rquv hissi uni tinch qo'ymasdi. Hozir u kap-katta yigit. Tashqi ko'rinishi, fe'l-atvori onasining o'zginasi. Onasi kabi oldiga qo'ygan maqsadi sari intiluvchan, rejalashtirgan ishini amalga oshirmasdan tinchimaydigan. Unga qarasam, singlimni ko'rgandek bo'laman – deydi Laylo Aliyevaning singlisi6 ch.

— Laylo Aliyeva o'limining sababini hamma turlicha gumon qiladi. Singlingizning joniga qasd qilganlar uyingizga qaysi maqsadda kelishgan deb o'ylaysiz?
— Bilasizmi, bu voqeani eshitganlarning aksariyati va sud ham singlimni pul va tillalari uchun o'ldirilgan deb qaror chiqarishdi. Ammo shaxsan mening fikrimcha, bu jinoyatda pul ikkinchi o'rinda bo'lgan….
— Bunday deyishingizga asos bormi?
— Jinoyatchilar boylik istab kelishganida xonadonning barcha qimmatbaho narsasini olib ketishi kerak edi. Lekin ular singlim taqqan tilla taqinchoqlar va unga dadam bergan 20000 AQSh dollarnigina olishgan. Aytmoqchimanki, jinoyat qilganlar faqat ko'zlariga ko'ringan narsalarnigina olib ketishgan. Ustiga-ustak ularga singlimning hali muxlislarga havola etilmagan yangi qo'shiqlari yozilgan kassetalarni ham olishgan.
— Jinoyatchilar qo'lga olingunga qadar ancha vaqt o'tganidan xabarimiz bor…
— Layloning qotillarini bir yil izlashgan. Qotillik qilgan «Al-vakil» guruhining a'zolarini esa Moskva shahridan topishgan. Jinoyatni uchalasi qilgan bo'lsa-da, biri oqlandi. Ikkitasi 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazodan qutulib qolgan yigitning vafot etgani haqida ham eshitdik…
xotirlar ekanmiz, u Layloning xushchaqchaq, hayotsevar bo'lganini ko'p takrorladi. Haqiqatdan ham Laylo boshqalardan aynan maftunkor va sehrli, hayotga chanqoq nigohi bilan ajralib turardi. Odamlarga yaxshilik qilishga, ularning ko'nglini olishga, savobli ishlarni ko'proq amalga oshirishga shoshardi. Xonandaning amalga oshirishga ulgurgan ishlari haqida eshitib, beixtiyor bunday insonlar yerdagi farishtalar bo'lsa kerak, degan fikr keladi xayolimga…

· Laylo Aliyeva 1975 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan.
· Xoreografiya maktabi va O'zbekiston Davlat Konservatoriyasida ta'lim olgan.
· Saodat Qobulovaning eng sevimli shogirlaridan bo'lgan.
· Ruslan Sharipov va Ibrohim Jiyanov bilan hamkorlikda ishlagan.
· Laylo Aliyevaning 21 ta qo'shig'i va ikkita klipi muxlislar e'tiboriga havola etilgan. Afsuski, u o'zining uchinchi klipini muxlislari e'tiboriga havola etishga ulgurmay, bu yorug' olamni tark etgan…
°Laylo Aliyeva o'z uyida O'ldirilgan o'limiga Yulduz Usmonova sabab bo'lgan degan habarlar ham yuradi

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: