Xitoyda maktab o'quvchilarining formasiga chip o'rnatilmoqda

Tajriba sifatida Xitoyning Chjuxay shahridagi boshlang'ich maktab o'quvchilarining kiyimlariga ularning harakatlarini kuzatish uchun mikrochip o'rnatish boshlandi. Bu haqda “France Info” xabar berdi.

Qayd etilishicha, tajriba doirasida o'qituvchilar va ota-onalar farzandlarining qaerdaligini real vaqtda kuzatib borishlari mumkin bo'ladi. Agar bola “xavfli hudud”ga kirsa, uyali telefon orqali oila yoki o'qituvchilarga signal yuboriladi. Shuningdek, mikrochip o'zaro xabar almashish imkonini beradi.

Biroq, hamma ota-onalar ushbu tashabbusdan mamnun bo'lmagan. Ko'pchilikning fikricha, mamlakat rasmiylari elektron kuzatuv tizimi bo'yicha “chegaradan chiqib ketgan”. Bundan tashqari, bu shakldagi chiplar jinoyatchilarni kuzatish uchun taqiladigan elektron bilaguzuklar bilan tenglashtirilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: