Xitoy Falastinni, Eroni HAMASni qo'llab-quvvatlashga va'da berdi

Eron Falastinning HAMAS harakatiga Isroil bilan kurashida har tomonlama yordam ko'rsatadi. Bu haqda Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” bo'linmasi qo'mondoni Ismoil Qooni HAMA yetakchilaridan biri Ismoil Xaniya bilan telefon orqali muloqot qilganida aytib o'tgan — deya yozmoqda ‘Qalampir.uz’.

Xaniya Eronning yordami uchun Xaniyaga minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, Xitoy Isroil bilan nizoda Falastinni qo'llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Pokiston TIV rahbari Shoh Mahmud Qurayshiy bilan suhbatda Pekinning pozitsiyasini bildirgan.

“Xitoy kelgusida ham falastinliklarni ularning qonuniy huquqlarini tiklashda, joriy muammolarni siyosiy muloqot yo'li bilan hal qilishni, BMT, Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotini qat'iy qo'llab-quvvatlaydi”, degan Van I.
Pekin mojaroga BMT aralashishi kerak va tomonlarni “ikki davlat” tuzish prinsipi ostida muloqotga chaqirish lozim, deb hisoblamoqda.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: