Vladimir Putin Aleksey Navalniy nega qamoqda ekanligiga izoh berdi

Rossiya prezidentining aytishicha, Aleksey Navalniy siyosiy faoliyati uchun emas, balki jinoyatlari, shu jumladan Rossiyadagi xorijiy tadbirkorlarga qarshi bo'lgani uchun qamoqda.

«Siz aytgan sudlanuvchilarga kelsak, ular siyosiy faoliyat uchun emas, balki jinoyatlari, shu jumladan Rossiyada ishlayotgan chet ellik tadbirkorlarga nisbatan qilgan ishlari uchun qamoqxonada. Qolaversa, ular qonun buzganliklari uchun bir necha bor kechirilgan. Buni takror sodir etavergach qachondir jiddiy oqibatlarga olib kelishi kerak edi», – deydi Putin.

Davlat rahbari, shuningdek, siyosiy faoliyat orqali o'zini himoya qilish bilan birga, iqtisodiy afzalliklarga erishish uchun, jamiyatning ishonchini suiiste'mol qilmaslik kerak, degan fikrni bildirdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: