Vazir tomonidan selfi tushmaslik buyurildi

Afg'onistonning yangi mudofaa vaziri Mavlaviy Yoqub guruh vakillariga selfi tushmaslikni buyurdi. Uning fikricha, bu Tolibon rasmiylarining xavfsizligiga tahdid solishi,  guruhning joylashgan joyi va uning faoliyatini ochib berishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

“Sizga yuklangan vazifalar bilan shug'ullaning, shahidlarimizning qoni bilan olingan maqomga putur yetkazmang”, — deb ta'kidladi Afg'oniston mudofaa vaziri Mavlaviy Yoqub.‌‌

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: