Vaksina qabul qilgan Lolada koronavirus aniqlandi

«Tomog'im juda kuchli og'riyapti», — deydi xonanda
Xonanda, aktrisa Lola Yo'ldosheva koronavirusga chalinganini ma'lum qildi.

U 2021 yil 1 dekabr kuni «Sputnik» vaksinasi bilan emlangan edi. Shuningdek, vaksina olgan kuni umrida biror marta ham koronavirusga chalinmaganini, lekin baribir vaksina olishi kerakligini aytib o'tgan. Ammo, 14 yanvar kuni mazkur virus bilan kasallanganini ma'lum qildi.

Xonandaning so'zlariga ko'ra, tomog'i juda kuchli og'riyapti. Shuningdek, nafas olishga ham qiynalayotganini ta'kidlagan.

«Salom, Yangi yil. Menda koronavirus. Tomog'im juda kuchli og'riyapti, hatto nafas olishga qiynalyapman», — deydi Lola Yo'ldosheva.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar