O'zingni shiming yertilib qoldi-yu, yana birovning yamog'i uchun jazolamoqchisan!

Ularning ayblari, eng qora va yaramas ishlari, qallobliklari, zo'ravonliklari ko'rinib tursa ham, ayb hisoblanmaydi. Biroq, boshqalar bilib bilmay, sal bundayroq qadam qo'yib yuborsa, darrov uni jazolashga o'tib olishadi. AQSh Xitoyni navbatdagi marta Gonkong uchun sansiyalar bilan jazolashga tayyorgarlik ko'rmoqda. Vaholanki, uning o'zida mana oddiygina saylov jarayoni mahali qanchadan qancha makkorliklar ro'y berdi. Ammo bu hech narsa emas… Ko'chalarda plakatlarni ko'tarvolishib, yashasin Tramp, yo'qolsin Tramp, “qora tanlilar ham odam”, “biz adolat tarafdorimiz”, “zo'ravonlikni bas qil”, “terrorni yashirincha qo'llama” deya hayqirishgancha namoyishchilarning yurishlari hech nima emas, shunchaki oddiy bir holat. Sanksiyaga tortmaydi.   Ammo Belarussiyada, Rossiyada, Gruziyada… Xitoyda darrov negadir inson huquqlari paymol bo'lib qoladi… Biz Gonkong masalasida Xitoyni yaxshilashdan yiroqmiz, ammo shu ish AQShga aloqadormi?! Osiyoning ko'zga ko'ringan davlatlari, ham iqtisodiy, ham harbiy baquvvatlari qaerda qolayapdi?! Nahotki, uyimizdagi har bir narsaga ko'chadan kelgan juhud aralashsa?!

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: