O'zim xon, ko'lankam maydon!..

Yam yashil o'zimizni shahar ichida qatnaydigan avtobus, eshikkinasini ochvolib “zing'irlab” ketayapdi… Bekatga yaqinlashib qolganimda o'tib ketdi. “Agar shu turishini birov kim videoga olib internetga joylasa, ahvoli yomon bo'ladi”, dedim. “Hech qanaqa yomon pomon bo'lmaydi. Uzog'i bilan korxona rahbari haydovchini chaqirib, Shoqoxxor o'lasanmi, eshigingni yopib yursang. Ana chiqib ketibsan. Boshqa bunday qilma,  deydi. Bo'ldi shu bilan… Aka, hozir yozasizmi, gapirasizmi, ko'rsatasizmi, farqi yo'q. Birov eshitmaydi ham, ko'rmaydi ham, e'tibor ham bermaydi. Quruq laqillaganingiz qoladi”, dedi. Meni damim ichimga tushib ketdi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: