O'zi bir ahvolda!..

Lekin yurakni ezgani ezgan. Ko'zing tushishi bilakn ko'zingi olib qochasan. Lekin nega shunday qilayotganligingni o'zing bilmaysan?! G'alati narsa… Aslida uyalayotgan bo'lasan. Uning ikkala oyog'i ham nogiron. Ammo shunga qaramasdan yuradi, u. Qo'lida hassa, sen bosgan bitta qadam masofani uch qadamda bosib o'tadi. Yuzida xushomadli tabassum. Tilida, Xudo yo'liga sadaqa qiling deb turibdi… Seni esa to'rt muchang but. Tog'ni ursang talqon qiladigan kuching bor. Ammo harakatlaring judayam sust. Ana shu sust harakatlaring bois, nogiron odamning oldida o'zing ojiz sezasan. Uning qo'liga ming so'm tutqazasan. Biroq… Qarzga botib ketgansan. Shundan siqilib yuribsan. Lekin shu qarzlardan qutilishning chorasini ko'rayapsanmi?.. Nima qilib chora ko'rding? O'tirvolib agar unday qilganimda bunday bo'lardi, bunday qilganimda unday bo'lardi, debmi?! Shu ham chora bo'ldimi?! Shu ham ish bo'ldimi?! Undan ko'ra qo'lingdan keladigan ishga harakat qilmaysanmi?! Qo'lingdan keladigan ishga zarba bermaysanmi?!  Nogironni yuzida tabassum senikidachi?! Birni ko'rib fikr qil, birni ko'rib shukur qilni unutib qo'ydingmi?! Tur, o'rningdan yaramas, umringni, vaqtingni borida harakatlan!..

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: