O'zbekistonda vaksinalar xavfsizligini kim nazorat qiladi?

Sanitariya-epidemiologiya xizmatining ma'lum qilishicha, O'zbekistonda ikkita tashkilot barcha dori vositalari, shu jumladan vaksinalar xavfsizligi ustidan monitoring olib boradi.

Ular:

Dori vositalari, tibbiyda qo'llaniladigan buyumlar va tibbiy texnikalarni ekspertlash va standartlashtirish davlat markazi. (DVTQBTTESDM);

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash Vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati.

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi qoshidagi farmatsevtika yo'nalishini rivojlantirish Agentligi «DVTQBTTESDM» – Dori vositalari, tibbiyda qo'llaniladigan buyumlar va tibbiy texnikalarni standartlashtiradi, sertifikat beradi va davlat ro'yxatidan o'tkazadi hamda sifatini nazorat qiladi.

Vaksinalar immunobiologik preparatlar kabi dori vositalariga kiradi (O'zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati haqida»gi Qonuni ZRU-399 ot 04.01.2016 g.).

Vaksina preparatlari O'zbekiston Respublikasi hududida qo'llanishga ruxsat berilishi oldidan har bir vaksina qo'llanilish oldi quyidagi majmuaviy tekshiruvlardan o'tkaziladi:

Laboratoriya testlari va kompyuter modellari;

Immunlik javobini aniqlash uchun hayvonlarda tekshiruv;

Jiddiy nojo'ya ta'sirlarining yo'qligini tekshirish;

Ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan vaksina dozasini optimalligini, toksikligini va samaradorligini aniqlash maqsadida, odamlarda klinik tadqiqot o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, ZF-UZ-VAC2001 O'zbekistonda davlat ro'yxatidan o'tgan ilk koronavirusga qarshi vaksinadir.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: