O'zbekistonda eng yuqori oylikni qaysi soha vakillari oladi?

O'zbekistonda 2021 yilning yanvar-iyun oylarida o'rtacha oylik ish haqi 2 million 971 ming so'mni tashkil qilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi hisobitida so'z boradi.

Ma'lum qilinishicha, o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori darajasi moliyaviy va sug'urta iqtisodiy faoliyatida — 7 million 111 ming so'm, yoki respublika ko'rsatkichidan (2 mln 971 ming so'm) 2,4 barobar yuqori ekanligi, aksincha eng kami esa sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish faoliyatida — 2 million 49 ming so'm, yoki respublika o'rtacha oylik ish haqining (2 mln 971 ming so'm) 69 foiziga teng.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: