O'zbekiston va Tojikiston o'rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanadi

Transport vazirligida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo'yicha o'zbek-tojik qo'shma komissiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Vazir o'rinbosari A.Mo'minov hamda Tojikiston Respublikasi Transport vaziri o'rinbosari Sh.Saidmurodzoda rahbarligida bo'lib o'tgan uchrashuvda ikkala mamlakat o'rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Tomonlar xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlik holati haqidagi axborot bilan bo'lishishdi. Ular, shuningdek, bu sohada imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishdi.

Yig'ilishda tomonlar koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda to'xtab qolgan avtobus qatnovlarini qayta tiklash bilan bog'liq masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Shuningdek, “O'zbekiston – Tojikiston – Xitoy” transport koridorini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar