O'zbekiston «Tolibon» bilan jiddiy muzokara o'tkazdi

2021 yil 27-sentyabr kuni Termiz shahrida Surxondaryo va Balx viloyatlari hokimlari boshchiligida O'zbekiston va Afg'oniston chegaraoldi hududlari boshqaruv idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhlarining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, tadbir afg'on tomonining iltimosiga binoan Afg'onistonga import mollarini tranzit tashuvi bilan bog'liq masalalarni hal etish maqsadida tashkil etilgan.

Muloqot dastavval eng zarur xalq iste'mol tovarlari – oziq-ovqatlar, dori-darmon, tibbiy anjomlar, kiyim-kechak va yoqilg'i xususida bordi.

Uchrashuvda muhokama etilgan masalalar, jumladan Afg'onistonda yuzaga kelgan og'ir gumanitar vaziyat davrida mamlakatga yuklarni yetkazib berish va tranzit o'tkazishda mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Yig'ilish so'nggida tomonlar eng dolzarb chegaraoldi masalalari yuzasidan ishchi aloqalarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: