«O'zbekiston al-Aqso masjidi va Quddusdagi boshqa qadamjolar daxlsizligi nizodan avvalgi holatga qaytarilishi kerak deb hisoblaydi» — Prezident matbuot kotibi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 17 may, dushanba kuni o'tkazilgan brifingda Quddusdagi vaziyatga O'zbekistonning pozitsiyasi haqida gapirdi.

Uning ta'kidlashicha, O'zbekiston tomoni Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishidan qattiq xavotirda, tomonlarni zo'ravonliklarga chek qo'yish, qon to'kilishini darhol to'xtatish va bu boradagi bor imkoniyatlarni safarbar qilish kerak deb hisoblaydi.

«Bundan tashqari, Quddusdagi al-Aqso masjidi va boshqa qadamjolar urushdan avvalgi holat qaytarilishi kerak deb hisoblaymiz. Va albatta, Falastin—Isroil muammosi xalqaro me'yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan, BMTning tegishli rezolyutsiyalari va biz ko'p yillardan beri qo'llab-quvvatlab kelayotgan ‘ikki xalq uchun ikki davlat’ tamoyili asosida yechilishi kerak deb hisoblaymiz», — degan Prezident matbuot kotibi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: