O'zbek san'atini ilk bor Yevropada namoyish qilgan xalq artisti (video)

Tamaraxonimning Katta Farg'ona kanalining tantanali ochilish marosimidagi chiqishi, 1939 yil. Tamaraxonim (1906-1991) —qo'shiqchi va raqqosa, baletmeyster, o'zbek professional raqsi asoschisi, O'zbekiston xalq artisti. Tamaraxonim ijodiy faoliyatini 1919 yilda Hamza teatr truppasida boshlagan. 1925 yil Parijda bo'lib o'tgan Jahon bezak san'ati ko'rgazmasida M.Qoriyoqubov bilan ishtirok etib, o'zbek san'atini ilk bor Yevropada namoyish qilgan.

 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: