UzAutoMotors Equinox LT 2.0T ni Koreyadan olib kelib bizga pullamoqda. Yana ustiga 11 ming “ko'kat” qo'yib

UzAutoMotors 8750 ta Equinox LT 2.0T ni $199 902 200 ga xarid qilgan.

Ya'ni har bittasi $22 845 x arid qilingan.

O'zbekistonda bularni $33 880 dan sotyapti ular. $11 000 ga qimmat! Bu agar narxlar oshmasa!

Aytganday, UzAuto chet eldan mashina olib kelishda import boji va utilizatsiya yig'imini to'lamasligi haqida deputatlar so'rov jo'natgandi. Davlat bojxona qo'mitasi bu xujjatlarni maxfiy deb aytibdi.

Demak, shunchaki mantiqan olib qaralsa ham, UzAuto hech qanaqa import boji to'lamaydi. Hammasidan ozod qilingan. Bo'lmasa nimani yashiradi xalqdan?

Ular endi ishlab chiqaruvchi korxona emas, shunchaki olib sotar. Bu ishni maktabdi tugatgan har qanday inson ham qila oladi.

Xalqni qiynash bunchalik emasdir… Ochinglar rastamojkani o'zimiz olib kelamiz, katta «zavod»ni ovora qilmasdan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: