O'tgan yili qanday qilib zo'r bo'lgan ekanman?!

“Bir qarashda hammasi joydaga o'xshaydi. Pul bor, sharoit bor. Ammo, o'xshamayapdi. O'tgan yili bir deganda olldimdan chiqqani majaqlab o'tib ketayotgandim. Bu yil esa hali unisi bilan qoqilib qolaman, hali bunisi bilan. Bo'lmasa, “Man. Siti”, Gvardiola nima degan gap? Bir cho'qishda qochirib yuborardim. Yaxshiyamki, o'n bir metrlikni urisholmadi. Yo'qsa, rosa sharmanda bo'larkanman”, deb Klopp, o'ylagan bo'lsa, ajabmas. Darhaqiyqat, kuni kecha “Man Siti” har jabhada “Liverpul” bilan tengma teng o'ynadi. Ba'zan hatto zo'rlik ham qildi. Faqat birozgina omadi kelmadi. Bo'lmasa, o'tgan yilgi chempionni, yelkasini yerga tekkazib qo'yardi.

Ularning durrang o'ynaganidan, “Lister” ustalik bilan foydalandi. O'z maydonida “Vulverxempton”ni qablul qilgan “tulkilar” 1:0 hisobida ustun keldi. Haliyam, birinchi bo'limda, Vardi ikkinchi o'n bir metrlikni urolmadi. Aks holda hisob yanada yirik ko'rinish olardi.

Bizga esa shunday bo'lgani, ma'qul. Hech kim oldinlab ketmasin va hech kim judayam pastda qolmasin. Ana shunda haqiqiy intriga, haqiqiy jang bo'ladi. Yotvolib tomosho qilamiz. O'zi ko'rsa, bo'ladigan faqat APL qoldi. Qolganlarni oldindan hisobini bilib qo'yasan… O'zimiznikini-ku, gapirmasa ham bo'ladi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: