O'lmasak kerak!..

Ammo juda qiyin bo'layapdi. Negadir shunday. Umuman baraka yo'qolgan. Biror million so'm bir ikki kunga hech narsa bo'lmay qoldli. Ammo bozorda narxlar biroz tushganga o'xshaydi. Ayniqsa kartoshka. (Dehqonni molida). Yap yangisi bundan hafta oldin yetti, sakkiz ming edi. Besh minga tushibdi. Maydroqlari undan ham arzon. Eski kartoshkalar esa 3000 so'm… Lekin kutilganiday meva chevaning narxi osmonda. Ayniqsa, o'rik bilan gilos… Eh-he, olaman desang bo'ying yetmaydi. Yaxshi o'riklarni 70 ming so'm deb turganlar ham bor. Bittasini yoniga borib bu go'shtning narxiku, kim olardi, desam. Odami bor, deydi. Pulni betiga qaramaydiganlar bor. Ana shular olishadi. To'rt kilo sotsam, hamma o'rikni puli chiqib ketadi, qolganini ko'targaniga maydalab sotib o'tiraman, deydi. Xuddi shu “qo'shiq”, gilosga ham tegishli… Xullas, shunaqa gaplar. Ammo shu kartoshka sabab o'lmay qolsak kerak. Chunki uni qaynatib yesa ham bo'ladi, qovirib yesa ham. O'rikni yemasak yemadikda…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: