Ularni ham bir bir qiliqlari chiqib qoladi!..

O'rnak olamiz deb o'lib, tirilamiz… Keyin qarasak o'xshamaydi. Chunki, xomini ko'rib qolamizda. Ammo odamzotning o'zi u qaysi millat bo'lishidan qat'iy nazar xom ekanligi miyamizga kelmaydi…

“Germaniya uchun alternativ” partiyasi delegatlari Drezdendagi kongress paytida mamlakatni Yevropa Ittifoqidan chiqishga chaqirdilar. Bu haqda DPA agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Bizning fikrimizcha, Germaniya albatta Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak, umumiy manfaatlarni ko'zlab yangi Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini yaratish kerak”, deyiladi kongress qarorida.

Shu bilan birga, partiyaning hamraisi Yorg Moyten bu pozitsiyaga qarshi chiqdi. Boshqa partiyalar vakillari ham ushbu bayonotni tanqid qildilar. Xususan, “Erkin Demokratik Partiya” dan Bundestag deputati Aleksandr Lambsdorff “Germaniya uchun alternativ” ni “ahmoqona millatchilikda” aybladi. Uning fikriga ko'ra, Germaniyaning chiqishi Yevropa Ittifoqi va ichki bozorning oxiri bo'ladi.

Mart oyida “Germaniya uchun alternativ”  fraksiyasining hamraisi va Bundestag a'zosi Elis Vaydel Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga va “Shimoliy oqim 2” loyihasini yakunlashga chaqirgandi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: