Ular bizni sabrimizni sinashayapdi!..

Javob juda qattiq bo'ladi Va ular kipriklarini pir piratishga ulgurishmaydi. Bizga qarshi qo'llanilayotgan fitnalar suyakka borib yetdi. Endi, chidashning imkoni qolmadi…

Eronning Natanz shahridagi yadro inshootiga qilingan hujum ortida Isroil turibdi va uning vazifasi Tehron yadroviy bitimi bo'yicha muzokaralarni to'xtatish. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif aytib o'tdi, deb xabar beradi IRNA.

“Sionistlar Eron xalqiga qarshi repressiv sanksiyalarni bekor qilishdagi muvaffaqiyatlarini ko'ra olishmayapdi, shu boisdan  qasos olmoqchi, ammo biz bunga yo'l qo'ymaymiz. Biz sionistlarning o'ziga qarshi choralar ko'ramiz », – deya ta'kidladi vazir. Uning ta'kidlashicha, Isroilga javob yanada “ilg'or texnologiyalar qo'llaniladi”.

Zarif, shuningdek, Tehron ob'yektlar va yadro sohasidagi olimlarni himoya qilishi kerakligini ta'kidladi. Shu bilan birga, “Eron elitasi va xalqi sionistik rejim tomonidan yaratilgan hiyla-nayrang tuzog'iga tushib qolishidan ehtiyot bo'lishlari kerak”, deya qo'shimcha qildi u.

Avvalroq Isroilning Eron yadro inshootiga qilingan hujumga aloqadorligi AQShda anonim ravishda tasdiqlangan edi. Eron vitse-prezidenti Ali Akbar Solihi voqeani “yadroviy terrorizm akti” deb atadi.

Avariya Natanz yadro uranini boyitish korxonasida 11 aprel kuni sodir bo'lgan. Atom energiyasi tashkiloti ushbu hodisa elektr energiyasini taqsimlash bilan bog'liqligini aytdi. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, yadroviy inshootdagi katta portlash uranni boyitadigan santrifugalarni quvvat bilan ta'minlaydigan yaxshi himoyalangan ichki elektr tizimini vayron qilgan. Ba'zi xabarlarga ko'ra, voqea Eronning uranni boyitish qobiliyatiga jiddiy zarba bergan: ob'yekt to'qqiz oy ichida normal ish holatiga kelishi mumkin.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: