Ulama kipriklar nigohlarni qanday o'zgartirishi mashhur ayollar misolida (foto)

Qalin va uzun ulama kipriklar anchadan buyon yulduzlar go'zalligining ajralmas qismiga aylangan. Ayrim taniqli ayollar vaqti-vaqti bilan ulama kipriklarsiz ham ko'rinish beradi. Lekin ba'zilari esa xuddi qo'g'irchoqdek ko'rinishga odatlanib, o'zlarining kipriklari qandayligini ham unutib yuborgan bo'lishi mumkin.

Jennifer Lopes

Foto: «wday.ru»

Ember Xerd

Foto: «wday.ru»

Masalan, Jennifer Lopes va Ember Xerd ulama kiprikdan foydalanish bilan birga, tabiiy ko'rinishga ham intilmoqda. Ular vaqt-vaqti bilan tushdan foydalanadi. Faqatgina suratga tushish jarayonlari yoki qandaydir taqdirlash marosimlari uchun sun'iy kiprik bilan ko'rinish berishi mumkin. Ammo boshqa yulduzlar sun'iy kipriklarsiz o'zini tasavvur ham qilolmasa kerak. Shuningdek, ularni tanib olish ham qiyinchilik tug'diradi.

Xaydi Klum

Foto: «wday.ru»

Kayli Jenner

Foto: «wday.ru»

Mutaxassislar bu haqda ko'p ogohlantiradi. Sun'iy kiprik ulanayotganda tabiiy kiprik va to'qimalar shikastlanadi. Keyinchalik kipriklar zaiflashib, ayniqsa, sun'iylari olib tashlanganda katta zarar yetkazadi. Aniqlanishicha, Kim Kardashyan bu hodisani allaqachon boshdan kechirgan. U qanchalik go'zallikka intilmasin, o'zining tabiiy kiprigidan asar ham qolmagan.

Kim Kardashyan

Foto: «wday.ru»

Jessika Simpson

Foto: «wday.ru»

Xeyli Bolduin

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: