Turkiyadagi terrorchi guruh o'rmon yong'inlarini uyushtirganini tan oldi

Turkiyada terrorchi tashkaloti deb tan olingan “Olov bolalari tashabbusi” harakati mamlakatdagi o'rmonlarda yuz berayotgani yong'inlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oldi. Bu haqda “Yeni Şafak” gazetasi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, “Olov bolalari tashabbusi” rasmiy Anqara ekstremist tashkilot deb tan olgan Kurdiston ishchi partiyasi (PKK) bilan bog'liq.

Tashkilot bayonotiga ko'ra, Turkiya hukumati boshqa tilni tushunmaydi, shuning uchun “Olov bolalari tashabbusi” a'zolari uni olov bilan tiz cho'ktirish uchun o'mronlarga o't qo'yishgan. Turkiya rasmiylari hozircha hech qanday izoh bildirmadi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: