Tunisda namoyishlar: Prezident Bosh vazirni iste'foga chiqarib, parlamentni “muzlatib” qo'ydi (foto)

Tunis Prezidenti Qais Said mamlakat Bosh vaziri Xisham Mashishi iste'foga chiqishini e'lon qildi. Mamlakatda Xalq vakillari assambleyasi — bir palatali parlament ishi ham noroziliklar fonida to'xtatilgan. Bu haqda “Al-Arabiya” xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, bundan tashqari, mamlakatni qamrab olgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashgan deputatlar ham daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan.

Davlat rahbari endi o'zi Tunis hukumatiga rahbarlik qilishini ma'lum qilgan. Tunis parlamenti spikeri, “An-Nahda” partiyasi rahbari Rashid Gannushiyning aytishicha, Said davlatni to'ntarishga urinishda ishtirok etgan.

                 

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: