Tramp ikki oy ichida urush boshlaydi-yu, prezidentligicha qoladi!

Bu oxirgi chora. Ma'lumki, Tramp Saudiya Arabiston va Isroilning ko'rsatmasiga binoan Eronni sanksiyalar bilan “o'rab” tashladi. Ammo askar yetaklab borolmadi, — deydi britaniyali siyosatchi Tom Faudi, — AQSh prezidentligi qo'ldan ketishiga ko'zi yetishi bilan Eronga qarshi urushni boshlab yuboradi. Ma'lumki, urush mahali prezidentlar almashishmaydi. Demak, Tramp “taxti”da o'tiraveradi. U yog'iga urushning qanchalik cho'zilishi, Trampga bog'liq bo'lib qoladi. Urushda AQShning qo'li baland kelishi tabiiy bir hol. Shunday ekan uning obrusi oshadi. Va saylov boshqatdan alg'ov dalg'ovga aylantiriladi. Bungacha vaqt ham o'taveradi. Tramp hattoki, sakkiz yildan ko'proq o'tirishi mumkin, Oq Uyda… Siyosatchilarning gaplari mana shunaqa.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: