Toshkent viloyatida Dahshat! 15 yashar qiz otasidan xomilador

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz otasidan xomilador ekanligini bildirganligi haqidagi videoxabarlar tarqalgan. Bosh Prokuratura matbuot xizmati mazkur holat bo'yicha ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumondor shaxs protsessual tartibda ushlangani va tergov harakatlari olib borilayotganligi ma'lum qilingan.

Shuningdek, Prokuratura matbuot xizmati mazkur ish bo'yicha haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma'lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini aytib o'tgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: