«Tolibon» O'zbekistonga elektr bo'yicha barcha qarzlarni to'lab berishga va'da berdi

«Tolibon» tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat Afg'onistonning O'zbekistondan elektr energiyasi importi bo'yicha barcha qarzlarini to'liq to'lab berish majburiyatini o'z zimmasiga oldi. Bu haqda O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ma'lum qildi.

«Mamlakatda bank tizimi faoliyati hamda muvaqqat hukumatning tan olinishi bilan bog'liq muammolarni hisobga olgan holda, imkon tug'ilishi bilan, DABS vakillari mavjud bo'lgan barcha qarzlarni darhol to'lashlari to'g'risida kelishuvga erishildi. Lekin, shunga qaramay, biz [Afg'onistonni] elektr energiyasi bilan ta'minlashda davom etamiz», — deydi u.

Sardor Umurzoqov O'zbekiston Kobulga elektr energiyasi yetkazib berishni «bir soatga ham» to'xtatmaganini qayd etdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: