«Tolibon» Tojikistonni qattiq ogohlantirdi(video)

Tolibon” hukumati a'zosi Abdul G'ani Barodar Tojikistonni Afg'oniston ishlariga aralashishda aybladi. Hukumat vakilining ma'lum qilishicha, Tojikiston mamlakat ichki siyosatiga aralashgani uchun javob berishi haqida aytdi.

“Tojikiston bizning ishimizga aralashmoqda, har bir harakatga qarshi harakat mavjud”, – dedi Barodar.

Qayd etish joiz, avvalroq “Tolibon” “Afg'onistonning Tojikiston bilan chegaradagi Taxor viloyatiga maxsus kuchlarning minglab askarlarini yuborganini e'lon qilgandi.

Eslatib o'tamiz, Avgust oyining boshida Tolibon Afg'oniston hukumat qo'shinlariga qarshi hujumini kuchaytirdi, 15 avgustda Kobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e'lon qildi.

Avgust oyining oxirgi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo'lgan Kobuldagi aeroportdan G'arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg'onlarni ommaviy evakuatsiya qilindi.

31 avgustga o'tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg'onistondagi qariyb 20 yillik harbiy xizmatini to'xtatdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: