Tolibon qo'liga o'tgan AQSh qurollari Afg'onistonning qo'shnilari uchun xatarlimi?

Tolibon hokimiyatga kelganidan so'ng, 150 dan ortiq OAV Afg'onistonda faoliyatini to'xtatdi. Bunga sabab sifatida Tolibon qo'ygan cheklovlar va moliyaviy muammolarni ko'rsatish mumkin. Afg'oniston Milliy Jurnalistlar Ittifoqi matbuot kotibi Masrur Lutfiy xalqaro tashkilotlar bu masalaga e'tibor qaratishmasa, mamlakatda matbuot erkinligi boshqa fuqarolik erkinliklar singari yo'q bo'lib ketishini bildirdi.

Sal avvalroq, Tolibon OAVga Panjsherdagi Qarshilik fronti faoliyatini yoritishni taqiqlab qo'ygan edi. Afg'onistonga va'da qilingan insonparvarlik yordamining umumiy miqdori 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. BMT bu summani “xalqaro hamjamiyat saxiyligining namoyishi” deb atadi.‌‌

AQSh rasmiylarinig fikricha, Tolibon qo'liga o'tgan AQSh qurollari Afg'onistonning qo'shnilariga tahdid solmaydi. Harakat vakillari tomonidan olingan uskunalar tez orada o'z faoliyatini to'xtatadi, chunki ularga texnik xizmat ko'rsatish kerak.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: