«Tolibon» erkaklarga soqol olishni taqiqladi

“Tolibon” harakati Afg'onistonning Gilmend viloyati erkaklariga zamonaviy soch turmakda yurishni va soqolni olishni taqiqlab qo'ydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Islom yo'nalishi vazirligi rasmiylari, viloyat markazi Lashkargohdagi erkaklar sartaroshxonalari vakillari bilan uchrashuvda, soch turmaklash va soqol olmaslikni tavsiya qilishgan. Shuningdek, ular sartaroshxonalarda musiqa va madhiyalar qo'yilmasligini so'rashgan.

Avvalroq Afg'oniston ommaviy axborot vositalari “Tolibon” Afg'onistondagi ayollar ishlari vazirligini bekor qilib, uning o'rniga islomiy vazirlik vazirligi bilan almashtirgani haqida xabar tarqatgan edi.

Qayd etish joiz, avvalroq “Tolibon” hukumati afg'on fuqarolariga qo'shiq kuylashni va musiqa eshitishni taqiqlashgan edi.

Eslatib o'tamiz, Avgust oyining boshida Tolibon Afg'oniston hukumat qo'shinlariga qarshi hujumini kuchaytirdi, 15 avgustda Kobulga kirdi va ertasi kuni urush tugaganini e'lon qildi.

Avgust oyining oxirgi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo'lgan Kobuldagi aeroportdan G'arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg'onlarni ommaviy evakuatsiya qilindi. 31 avgustga o'tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg'onistondagi qariyb 20 yillik harbiy xizmatini to'xtatdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: