Tojiklarda kerak bo'lsa, hech vaqo yo'q!..

Ular qup quruq qo'llari bilan qaytishayapdi. Birortasi ham bir nima ola bilmadi. Turkmanlarniku gapirmasa ham bo'ladi. Bizda esa hozircha bitta olin va bitta bronza bor. Yana bokschilarimiz ikki uchta medal qo'shib berishni va'da qilib turishibdi. Shundoq ekan sportimiz undoq bo'lib ketdi, sportimiz bundoq bo'lib ketdi. Ularga juda ko'p sharoitlar yaratib berildi. Lekin qo'yi pog'onadagi amaldorlar mas'ulyatni his qilishmadi. Ko'ngildagiday harakat qilishmadi. Ko'ngildagiday sportchilarimizni ruhlantira olishmadi, deyavermanglar… Kerak bo'lsa, ular ham harakat qilishgan. Shunchaki, boshqa davlatlarning sportchilari ko'proq harakat qilishibdida. Ko'proq chempion bo'lishni istashibdida…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: