«Tilimni qichitma»Kaniza Luiza Rasulov haqida ko'psirlarni bilishini aytdi

Xonanda Kaniza uni haqorat qilgan Luiza Rasulova haqida juda ko'p sirlarni bilishini aytib, aktrisa bilan janjallashishdan qo'rqmasligini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, janjalni hech qachon birinchi boshlamaydi. Agar Luiza Rasulova biror javob qaytarsa u ham jim turmasligini bildirgan. Shuningdek, yetarlicha sirlarni bilishini, faktlari borligini qayd etgan.

«Hozir hamma qiziqayotgan mavzu haqida gapirmoqchiman. Shu kungacha hech kimning ishiga na bir g'iybatiga, piariga burnimni suqqan inson emasman. Hech qachon janjalni birinchi boshlamaganman. Shu sababli menga gapirgan gapiga javobini kutyapman, yoraman uni. Kalta miyasi bilan bu qiz nimani o'ylayapti. Juda ko'p sirlarini bilaman, bu bilan men bilan o'ynashma demoqchiman. Tilimni qichitma. Xullas, Ruxshonani, Rixsitillani va o'ziga yarasha juda ko'p muxlisga ega bo'lgan bloger, tiktokerlar eplagancha o'z muxlisini topyapti va shu kunga qadar xalqimizning orasida o'rni bor, eplayapti qilyapti, har kim bir nimadan boshlagan. Sen ham nimadan boshlaganding? Yoki halolmisan, halol pul topyapsanmi? Tilimni qichitma. Men hech qachon janjalni birinchi boshlamayman. Bir nima degin yiyman seni, faktlarim bilan. Fakting bormi deysanku, bor faktim», — deydi Kaniza.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: