Tezkor! Xitoy xukumati Jek Maga qarshi urush elon qildi.

Xitoy xalq respublikasi raisi ”Si Szinpin” mamlakat fond bozorida Ant Group (Alibaba ning sho'ba korxonasi) moliyaviy-texnologik kompaniyasi aksiyalarini sotishni taqiqlab qo'ydi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qilgan.

Si Szinpinga Jek Maning 24-oktyabirdaShanxayda qilgan nutqi va unda raisning so'zlaridan iqtibos keltirib, mamlakatda yuqori texnologiyalar sohasini tanqid qilgani yoqmagan.

”Muvaffaqiyat yolg'iz bir kishining irodasi bilan amalga oshmasligi kerak” – degan Jek Ma. Tadbirkor innovatsiyalar orqali Xitoyning moliyaviy muommolarini hal etishda yordam berishga tayorligin qo'shimcha qilgan.

O'z navbatida Si Szinpin Maning ushbu so'zlari ortida shaxsiy manfaatini ko'zlash, Xitoy nazorat orginlarining faoliyati va choralarini shubha ostiga olishni ko'rmoqda.

“Si Szinpinga eng boy insonlar ro'yxatiga kirgan-kirmaganligingizning qizig'i yo'q. Uni boyib ketganingizdan keyin nima qilayotganingiz va o'z manfaatlaringizni davlat manfaatlari bilan muvofiqlashtirayotganingiz qiziqtiradi”, – degan manbalardan biri.

Nashrning yozishicha, Ma va Xitoy hukumati o'rtasidagi munosabatlar ko'p yillardan buyon keskinligicha qolmoqda: hukumatni tadbirkorning ta'sir doirasi va u egalik qilayotgan kompaniyaning kuchayishi xavotirga solmoqda.

Ant Group o'z aksiyalarini Shanxay birjasi va Honkongda ikkilamchi ro'yxatga olishni (listing) rejalashtirgan bo'lib, joylashtirish 5 noyabr kuni amalga oshirilishi kerak edi. Kompaniya 34,4 milliard dollar jalb qilishni rejalashtirgandi, bu esa tarixdagi eng yirik IPO’ga aylanishi mumkin edi.

Ammo 3 noyabr kuni Ant Group Xitoy regulyatorlaridan IPO to'xtatilishi to'g'risida xabar olganini e'lon qildi. Kompaniya listing yoki ma'lumotni oshkor qilish talablarini bajara olmasligi haqida xabardor etilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: