Temiryo'lchining farzandi poezd oynasiga tosh otdi

«Nasafnews»ning «Zo'r»TV telekanali muxbiri Akbarali Xudoyberdiyevga tayanib xabar berishicha, Koson tumani Darcha qishlog'idagi 19-maktabning 8-sinf o'quvchisi «Afrosiyob» tezyurar poezdiga tosh otdi.

Holat natijasida poezd oynasiga darz ketib, yaroqsiz holatga keldi.
Voqea joriy yilning 28 fevral kuni taxminan soat 11:30 lar chamasida «Qarshi-Toshkent» temiryulining 3860-kilometrida sodir bo'lgan.
«Achinarlisi, tezyurar poezdga tosh otgan yigitning otasi 16 yildan buyon temiryul tizimida ishlaydi. Voyaga yetmagan farzandi uchun albatta uning otasi javob berishga majbur. Birgina Ispaniya davlatidan olib kelinadigan va bir qaraganda oddiy bo'lib ko'ringan oynaning narxi esa salkam 20 mln so'mga yaqin»,- deydi Akbarali Xudoyberdiyev.
Ma'lum bo'lishicha, mazkur holatni sodir etgan maktab o'quvchisining otasi 20 mln so'm jarimaga tortilgan.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: