Diqqat! Tailandda COVID-19ga qarshi emlanishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Tailandning Buriram provinsiyasi gubernatori buyrug'iga ko'ra, COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanishdan bosh tortish jinoiy javobgarlikka tortilish uchun asos bo'ladi.

Buyruqqa muvofiq vaksina olishni rad qilgan fuqarolar yirik miqdordagi jarimaga tortiladi yoki ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Buriram gubernatori Txatchakon Xattxattxayakun imzolagan mazkur buyruq kecha e'lon qilingan. Buyruqda vaksinatsiyada ishtirok etishdan yoki shifokor talablarini bajarishdan bosh tortganlik uchun jarimalar miqdori ham belgilangan.

Buriram Tailandning vaksinatsiyada qatnashishni rad qiluvchilar jazolanuvchi ilk provinsiyasi bo'ldi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: