Ta'ziya!

Bugun O'zbekis­ton Respublikasida xizmat ko'rsatgan jurnalist, mashhur fotomuxbir Sodiq Mahkamov vafot etdi.

Sodiq Mahkamov fotoarxividan O'zbekistonning salkam yarim asrlik madaniy tarixi o'rin olgan.

U faoliyatini boshlagandan nafaqaga chiqquniga qadar, 2005 yilgacha – “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” tahririyatida ishladi.

“Shu kasb tufayli G'afur G'ulom, Oybek, Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Zulfiya, Mukarrama Turg'unboyeva, Tamaraxonim, Saodat Qobulova, Olim ­Xo'jayev, Shukur Burhonov, Razzoq Hamroyev, Nabi Rahimov, O'rol Tansiqboyev kabi ko'p­lab buyuk insonlar bilan uchrashdim, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Ibrohim G'afurov kabi ko'plab yozuvchi va shoirlar, san'atkorlar, rassomlar bilan muloqot qildim, do'stlashdim.

Ular hayotidagi eng yaxshi, eng unutilmas lahzalarni abadiyatga muhrladim. Shunday oddiy kasb egasi uchun bundan ortiq baxt bormi?!”, — derdi faxrlanib.
Ma'lumot o'rnida, u faoliyatini boshlagandan nafaqaga chiqquniga qadar, 2005 yilgacha faqat bir joyda – “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” tahririyatida ishladi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring:
Mavzuga aloqador yangiliklar