Shoshilgan qiz erga yolchimas! Hovliqma, Melaniya!

Hech kim kutmagan hodisalar ro'y berdi, kecha AQShda. Axir, tarixda bunaqasi bo'lmagan edi. Tajriba yo'q. Xo'sh, bunaqa paytda nima qilish kerak?.. Qonun, ha, qonunga bo'ysinish lozim. Ammo hozir, shunday vaziyat paydo bo'ldiki, qonun ham yechim topolmay hayron. Baydendan naqd yigirma ovozni olib tashlanishi…U juda ko'p ishlarni qilishga ulgurgandi. Bosh vazir tayinladi, atrofidagi bo'lishi mumkin bo'lgan amaldorlarni ro'yxatini tuzdi. Tabriknomalarni qabul qilish asnosida, qara bundan bu yog'iga birga ishlaymiz, sal qulog'ingni qimirlatsang, kallangni olaman, qablidagi gaplarni aytdi va, va osmondan bir nima top etib tushganday, chorasiz ahvolga tushib qoldi. Bunaqangi paytda, bizda, “mana senga olam, olam gul, mana senga bahor bayrami”, deyishardi. Lekin ana shu qo'shiq kuz paytida aytilsa, biram yarashiqsiz bo'larkan… Bayden-ku, mayli, bu yog'i yoshi bir joyga borib qolgan, qalloblik orqasidan sudlashgan taqdirlarida ham to'rt besh yil “o'tirib” chiqadi, tamom. Qaytanga unga shunisi qulay. Har na, odamlarning ko'zlaridan nari, o'zi bilan o'zi bo'lib xayol surgancha qolgan umrining kunlarini boshiga yetib o'tiradi. Hovliqma, Melaniya nima qiladi? U shoshib qolganidan, eri bilan ajrashajagini, bu qarri cholga endi, hattoki qo'linining uchini ham ushlatmasligini aytib qo'ygandi. Hatto, ajrimdan keladigan pullarni ham  o'zicha hisob qilgandi… U nima qiladi? Agar Tramp, yana “taxt”ga o'tirib qoladigan bo'lsa, aniq uni bir yoqli qiladi. Bu, kunday ayon…

Yutgandan, janob Putin yutdi. U jim turdi. Ana shu jimligini ortidan yutdi. Hozir ham jim, u. Hozir ham yutayapdi… Unga qo'shilib, unga qarab ish qiladiganlar ham jim. Bundan chiqdi, ular ha  yutishayapdi.

Dunyoning ishlari mana shunaqa, kutilmaganda qor yog'ib qoladi-yu, yana kutilmaganda quyosh charaqlab hamma yoqni qizdiradi…

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: