Sharmandalik! YPX xodimi “shtraf” yozmaslik haqida buyruq oldi

Toshkentda qoida buzgan Malibu avtomobilini to'xtatgan yo'l-patrul xizmati inspektori haydovchiga jarima yozmaslik haqida buyruq olgani aks etgan video tarqaldi.

“Toshkent” telekanalida ketgan efirda YPX xodimi Abror Ismoilov Malibu avtomobiliga jarima yozayotganida ratsiyadan unga haydovchini qo'yib yuborish bo'yicha topshiriq berildi.

— Telefon qilishdi. Qanaqa mashina ushlab turibsan?
— Malibu’ni ushlab turibman.
— Qo'yvor bo'ldi, ko'p gapirmasdan. Yaxshi yetvoling, deb tushuntirvor.
— Tushundim sizni.

Videodan YPX inspektori haydovchidan “tonirovka” uchun ruxsatnoma bor yoki yo'qligini so'rayotganini eshitishi mumkin.

Holat bo'yicha hozircha hech qanday rasmiy izoh berilmadi. Biroq, telekanal kamerasiga muxrlangan birgina shu holat Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tizimida hamon “telefon” orqali ish bitirishlar, qonunni pisanda qilmaslik davom etayotganining isboti bo'ldi. Qiziq, ratsiyadan inspektorga haydovchini qo'yib yuborishni aytgan rahbar va qonunga zid buyruqqa lom-mim demasdan bo'y sungan xodim “hayfsan” bilan qutilib qolarmikin?

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: