Serbiya Kosovani bosib oladimi? (video)

Serbiya Prezidenti Aleksandar Vuchich milliy televideniedagi chiqishida Belgrad Kosovoga qo'shin yubormasligini aytdi, chunki bu Kumanov kelishuvlariga zid. Serbiyaning vazifasi – tinchlikni saqlash.

Eslatib o'tamiz, Serbiya o'z-o'zini mustaqil deb e'lon qilgan Kosova bilan chegara yaqinidagi qishloqqa tanklarni joylashtirgan edi.

“Yarinye” chegara nazorat punktidagi serblar ushbu harakatlarni olqishlar bilan kuzatib qolgan. Kosova bilan chegara o'tkazish punktidan o'n kilometr uzoqlikdagi Rashka qishlog'iga Kralevo hududidan tanklar keltirilgandi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: