Sanjar Matkarimov ilk marta Ruxshona bilan ajrashishiga nima sabab bo'lgani haqida gapirdi

«1994 yilda tug'ilgan Matkarimova Ruxshona bilan 7 yil birga turmushda yashadik. Hozirda ajrashish sud jarayonidamiz. 2021 yilning 6 sentyabridan birga yashamayapmiz. Sababi men sobiq xotinimning qing'ir ishlaridan voqif bo'ldim va u bilan qat'iy ajrashishga qaror qildim. Uni shu zahoti, 'Bola tilidanʼ ko'rsatuvidan ham haydadim. Oradan bir oy vaqt o'tib, ko'rsatuvimni tiklash uchun yangi boshlovchi tanlash maqsadida kasting e'lon qildim. Izlanishlardan so'ng tanlovim aktrisa Aziza Yoqubovaga tushdi. Yordamchim Nodir Yo'lchiyevga aktrisaning kontaktini topishni buyurdim. Topilgach, o'zim telefon qildim. Avvaliga Aziza rad qildi. Men vaziyatni to'liq tushuntirganimdan keyin Aziza shaxsan Ruxshonadan ruxsat so'radi. Biz birga ishlashga qaror qildik», — deydi rejissor.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: