​​San'atkorlarimiz xitoylik hamkasblaridan qanday o'rnak olsa bo'ladi?

Mart oyidan Xitoyda san'at namoyandalari uchun axloq kodeksi kuchga kiribdi. O'z-o'zini tarbiyalash chora-tadbirlaridan iborat ushbu qonunga aktyorlar, qo'shiqchilar, bastakorlar, opera artistlari, akrobatlar, umuman, ijro faoliyati bilan shug'ullanadigan barcha shaxslar rioya etishlari shart.

 

Ular, jumladan, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

 

👉 Vatanni seving va davlatning ustuvor yo'nalishlari hamda siyosatini qo'llab-quvvatlang;

 

👉 milliy birlik, suverenitet va hududiy yaxlitlik, milliy xavfsizlikka zarar yetkazmang;

 

👉 milliy nafratni keltirib chiqarmang;

 

👉 davlatning din siyosatini buzmang;

 

👉 fonogrammadan foydalanmang.

Buni qarangki, yuqoridagi qoidalarni buzgan ijodkor, «quloqsizlik»ning jiddiyligiga qarab bir yil, uch yil, besh yil va hatto butun umr sahnalar, arenalar, umuman, barcha chiqishlardan chetlashtiriladi.

Balki bizda ham shu kabi kodeks joriy qilish kerakdir. Juda bo'lmaganda, fonogrammalar kamayarmidi, to'ylarga borib quruq og'iz qimirlatib, jaraq-jaraq pul ishlayotgan ayrim «san'atkor»larga insof kirarmidi, deyman-de.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: