Rossiyada fatvo: Musulmon faqat muslimaga uylansin – bahslar qizimoqda, Rossiya va O'zbekiston

Rossiyada fatvo: Musulmon faqat muslimaga uylansin – Rossiya Musulmonlari Diniy boshqarmasi Ulamolar Kengashi o'z fatvosini berdi. Bahslar esa, qizimoqda. Rossiyadagi musulmonlarning salmoqli qismini, yillarki, Markaziy osiyolik migrantlar tashkil etib keladi.

Rossiyadagi musulmonlarning salmoqli qismini, yillarki, Markaziy osiyolik migrantlar tashkil etib keladi.

Ularning orasida katta ko'pchiligi – millionlabi O'zbekiston fuqarolari hisobiga to'g'ri keladi.

Fatvoda aytilishicha, musulmonlarning nomusulmonlarga uylanishiga faqat istisno holatlarda, hatto o'shanda ham, muftiyning qarori bilan izn beriladi.

Umumiyatla, musulmonlarga “Kitob ahli” vakilalari – nasroniylar va yahudiylar bilan nikoh qurish taqiqlanadi.

Xulosada ta'kidlanishicha, aksariyat qorishiq nikohlarda bolalarni Islom e'tiqodi ruhida tarbiyalash yoki ularga islomiy dunyoqarashni singdirish bilan bog'liq qiyinchiliklar yuzaga keladi.

“Er va xotinning bir dinda ekanligi esa, ularning birgalikda baxtli hayot kechirishlarining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi”.

Fatvoga muvofiq, “Allohning borligi va birligi, Iso va Muhammad alayhissalom Uning elchilari ekaniga iymon keltirsa, Qur'oni Karimda aytilganlariga amal qilishga rozi bo'lgan taqdirdagina, musulmonga turmushga chiqish mumkin”.

Ammo, shunda ham, fatvoda qorishiq nikohlarga faqat ayrim hollardagina ruxsat berilishi, ularning har biri avvaliga mahalliy muftiylar tomonidan ko'rib chiqilishi ta'kidlanadi.

O'z o'rnida, bu aynan nimani ko'zda tutilishi tafsilotlari ochiqlanmaydi.

Yana bir yirik musulmon tashkiloti – Rossiya Musulmonlari Diniy kengashi esa, o'zining bu fatvo bilan rozi emasligini aytib chiqqan.

“Rossiya Musulmonlari Diniy boshqarmasi Ulamolar Kengashidagi birodarlarining hukmiga hurmat bilan qarashlari, ammo bu masalada Qur'oni Karimda aytib qo'yilganidan ortiq bir so'z deya olmasliklari”ni bildirgan.

Muftiy Albir Krganovning “Novosti” axborot agentligiga aytishicha, “Alloh “Kitob ahli” bilan oila qurishga izn bergan”.

Fatvoga Tatariston Musulmonlari Diniy idorasi Ulamolar Kengashi kotibi Rustam Nurgaliyev ham o'z munosabatini bildirgan.

U, “Rossiya Musulmonlari Diniy boshqarmasining qarashlari har doim ham mamlakatdagi barcha musulmonlarning manfaatlarini aks ettirmasligi”ni ta'kidlagan.

Diniy boshqarmaning bu fatvosi Rossiya parlamenti tomonidan ham tanqidga tutilgan.

Rossiya Davlat Dumasining Oila, xotin-qizlar va bolalar masalalari bo'yicha qo'mitasi raisining o'rinbosari Oksana Pushkina “Exo Moskvы” radiostansiyasiga intervyu bergan, bu kabi fatvo “Rossiya xalqini bo'lib yuborishi”ni ta'kidlagan.

Kecha, seshanba kuni kechqurun diniy boshqarma raisining birinchi o'rinbosari Damir Muhetdinov Rossiya dunyoviy davlat bo'lganligi sababli, Ulamolar Kengashining qarorlari faqat din ahlini ko'zda tutishi va eng avvalo Islom dini amallariga rioya etish istagida bo'lgan musulmonlarga qaratilganini aytgan.

Rossiya Musulmonlari Diniy boshqarmasi Ulamolar Kengashi matbuot voizining so'zlariga tayanilsa, bu fatvo unchalik ham yangilik emas, hali 2019 yilda qabul qilingan.

Dilyara Ahmetovaning aytishicha, “fatvo bugungi zamonaviy Rossiya sharoitida bu ishni ma'qullamasliklari va unga rag'batlantirmasliklarini urg'ulash maqsadida qabul qilingan”.

Matbuot kotibi TASSga bunga misol qilib Suriya, Misr va yoki boshqa davlatlardagi holatni keltirgan. U yerlarda qorishiq nikohlar deyarli uchramasligini ta'kidlagan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Rossiyada 20 milliondan ziyod musulmon istiqomat qiladi.

O'zbekiston postsovet hududidagi eng yirik musulmon davlati bo'ladi.

Birgina rasmiy raqamlarning o'zida yaqin-yaqingacha Rossiyada mehnat muhojirligida band O'zbekiston fuqarolari sonining 2 milliondan ortishi aytilgan.

Bu yangilikka O'zbekiston Musulmonlar diniy idorasining biror bir shakldagi munosabati hozircha ko'zga tashlanmaydi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: