Rossiya hali qilishi kerak!.. Boshqaga ishonmaymiz!..

Falastin har qanday vaqtda Moskvada Isroil bilan to'g'ridan-to'g'ri muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda 18-may, seshanba kuni Falastinning Rossiyadagi elchisi Abdel Hofiz Nofal ma'lum qildi.

“Albatta, biz ertagayoq muzokaralar olib borishga ham rozi bo'lamiz, chunki  Rossiya tomoniga ishonamiz”, dedi u TASSning tegishli savoliga javob berib.

Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin va Isroil o'rtasidagi zo'ravonliklarga barham berish kerakligini e'lon qildi. Rossiya rahbarining ta'kidlashicha, ushbu davlatlar o'rtasidagi qarama-qarshilikning avj olishi allaqachon ko'plab qurbonlarga, shu jumladan bolalar o'limiga olib kelgan.

Bungacha Putin Falastin-Isroil mojarosi Rossiya Federatsiyasining xavfsizlik manfaatlariga ta'sir ko'rsatishi haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, Federatsiya Kengashi Spikeri o'rinbosari Konstantin Kosachev Rossiya tomoni Falastin-Isroil mojarosini hal qilish uchun barcha darajalarda harakatlarni amalga oshirayotganiga e'tibor qaratdi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: