Rossiya AQShni harbiy harakatlari bilan Moskvaga yaqinlashayotganlikda aybladi

AQSh Davlat kotibi o'rinbosari Vendi Sherman va Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Sergey Ryabkov AQShning Jeneva (Shveysariya) missiyasida xavfsizlik bo'yicha muzokaralarda ishtirok etdi.

Unga ko'ra, Rossiya diplomati AQSh va uning ittifoqchilari Rossiyaning atrofida harbiy faoliyatini to'xtatishini aytgan. Agarda ushbu harakat to'xtatilmasa, Rossiya o'z harbiy kuchlarini qaytadan Kuba va Venesuelga joylashtirishi mumkin. Bundan tashqari Sergey Ryabkov Rossiya harbiy aktivlarini Lotin Amerikaga yuborishi ehtimolini ta'kidlab o'tgan.

Aytish joizki,  AQSh va Rossiya o'rtasida Ukraina yaqinida qo'shin to'plash bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

Agarda Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa va MDH davlatlarini NATOga yangi a'zo sifatida qabul qilmaslik talabini qo'ysa, bunga AQSh va ittifoqchilari jiddiy chora qo'llashi mumkin.

Uchrashuvda Sergey Ryabkov AQSh xavfsizlikning ayrim elementlari bo'yicha muloqot olib borishi mumkinligini, shuningdek, Rossiyaga yaqinlashib kelayotgan yangi hududlarning geosiyosiy va harbiy rivojlanish jarayonini davom ettirayotganini aytib, “Chekinadigan joyimiz yo'q”, deydi.

Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari AQSh va NATOning Rossiya hududi yaqinidagi harbiy joylashuvi haqida alohida so'z ochgan. Uning so'zlariga ko'ra, AQShning harbiy kuchlari Rossiya chegarasidan 15 kilometr uzoqlikda uchib o'tgan.

Xabarda keltirilishicha, Rossiyaning  taxminan 100,000 nafar rus qo'shinlari tanklari va boshqa qurollar bilan Ukrainaning Sharqiy chegarasi yaqinida to'plangan.

Shu sababli, AQSh davlat kotibi o'rinbosari Rossiyaning Ukrainaga qarshi harakatni boshlashidan o'z xavotirini bildirdi. Uning aytishicha, AQSh yaqin kunlarda bu baholashning ayrim sabablarini ommaga oshkor qiladi.

Yangilikni do'stlaringizga ham yuboring: